Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al-Saud 2011-yilda o‘ldirilgan “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti rahbari Usama bin Ladenning o‘g‘li Hamza bin Ladenni fuqaroligidan mahrum etish to‘g‘risida farmon chiqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“IIV Hamza Usama Muhammad bin Ladenni Saudiya Arabistoni fuqaroligidan mahrum etish to‘g‘risidagi 15690-sonli farmon chiqqanini e’lon qildi”, — deyiladi xabarda.
28-fevral kuni AQSh davlat departamenti Hamza bin Ladenning qayerda ekanini ma’lum qilgan odamga million dollar mukofot va’da qilgan. U “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotining boshliqlaridan biri hisoblanadi.
Izoh (0)