Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda yetishtirilgan anorlar Fransiyadagi eng yirik Rungis bozori rastalarida paydo bo‘ldi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Foto: “Xalq so‘zi”

Foto: “Xalq so‘zi”

Bu borada Commercial Fruits kompaniyasi o‘zbek anorlarining birinchi turkumi importchisiga aylandi. Uning direktori Gabriel Brunoning aytishicha, 25 yil davomida ular Peru va AQShdan anor xarid qilib yurishgan, endi esa O‘zbekiston bozoriga ham kirish yo‘li ochildi.

“O‘zbekiston bozorimizdagi yangi yo‘nalish hisoblanadi. Shunga qaramay, uzoq masofadan mahsulotlarning o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berilishi biz uchun yoqimli bo‘ldi”, - dedi u.

UzFranceTrade O‘zbekiston-Fransiya savdo uyi raisi Xaled Bedaush mazkur yetkazma bir necha oy hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasi ekanligini ta’kidladi. Paris Royal do‘konlar tarmog‘i egasi Vissem Goujaning e’tirof etishicha esa O‘zbekistondan keltirilgan bunday tabiiy ne’matlarga nisbatan talab ortib boryapti.

Yevropaga mahsulotlar importi bilan shug‘ullanadigan Theodora Group kompaniyasi bosh direktori Dildora Otajonovaning aytishicha, fransuz bozorining asosiy ajralib turadigan jihati bu qadoqlashdir. Ya’ni har bir quti bir xil vaznda bo‘lishi kerak va mevalarni o‘rashga ham alohida e’tibor qaratiladi.

“Shular bilan bir qatorda yig‘ish, sovitish, aniq o‘lchamlar asosida saralash va jo‘natish Yevropa bozoriga mahsulot yetkazib berishni tashkil qilishda katta rol o‘ynaydi”, — dedi u.

Ta’kidlash joizki, Rungis faranglar yurtidagi eng yirik oziq-ovqat va logistika markazi hisoblanadi. Uning maydoni 234 gektar bo‘lib, u yerda har kuni 16 million tonna sarxil mevalar, sabzavotlar, go‘sht, baliq, sut mahsulotlari va o‘simliklar sotiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)