Shimoliy irlandiyalik Brendan Rojers “Lester” klubini boshqaradi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
Bungacha 46 yoshli mutaxassis “Seltik”da bosh murabbiy sifatida ish olib borayotgan edi.
“Bu yerda bosh murabbiy sifatida ishlash men uchun ulkan sharaf. Bu klub, bu jamoa bilan faxrlanishlari uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman. Birgalikda ishlashimizni intizorlik bilan kutmoqdaman. Haqiqatan ham bu juda qiyin davr bo‘ldi. Birgalikda biz xoh maydonda, xoh maydon tashqarisida, albatta, kuchli bo‘lamiz. Keling, oldinga to‘g‘ri qadam tashlaymiz”, — deydi Rojers.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Lester” Klod Pyuelni qoniqarsiz natijalar sabab ishdan bo‘shatgan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)