Kuni kecha O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida AQSh Kongressida “O‘zbekiston bo‘yicha Kokusning” birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi “UzDaily”.
Kengash 2018-yilning noyabr oyida AQShda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng o‘z faoliyatini qayta tikladi.
Tadbirda AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zolari va xodimlari, Milliy Xavfsizlik Kengashi, Davlat Departamenti, AQSh Savdo va Mehnat Departamenti, Pentagon, Xususiy chet el investitsiyalari Korporatsiyasi (OPIC), Amerika yetakchi tahlil markazlari, AQSh—O‘zbekiston savdo palatasi a’zolari, nodavlat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari qatnashgan.
AQSh Respublikachilar partiyasining Kokus bo‘yicha hamraisi Trent Kelli o‘z nutqida Kongressda o‘zbek-Amerika munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga qiziqish bildirgan amerikalik deputatlar guruhidan vakil ekanligini katta sharaf deb atadi.
Kongress vakilining fikricha, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar xalq manfaatlari va mamlakat kelajagini ta’minlashga erishishga qaratilgan.
Izoh (0)