Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yil bahorida Toshkentda 410 ming tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish rejalashtirilmoqda.  Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Kashtan, dub, eman, lola daraxti, sofora, butalardan — forzitsiya, yapon behisi, magnoliya, suriya atirguli va yil davomida navbatma-navbat gullab, bir-birining o‘rnini egallovchi boshqa o‘simliklarni ekishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

“Poytaxtning markaziy va boshqa ko‘chalari joriy yil bahorida lolalar, violalar, tageteslar va salviyalar bilan ham bezatiladi”, — deyiladi xabarda.

Shahar ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan kuzda poytaxtda 168,1 ming tup daraxt va butalar, shuningdek 5 million tup ko‘p yillik va bir yillik gullar ekilgan.

Bugungi kunda Toshkentning umumiy maydoni 33 ming gektarni tashkil etsa, uning 15,2 ming gektari yashil hududlar hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi