HMD Global kompaniyasi 25−28-fevral kunlari Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2019 ko‘rgazmasining ochilishiga Nokia 210 telefonini taqdim etdi, deb yozadi Spot.

Foto: Spot

Ta’kidlanishicha, Nokia 210 internetga kirish imkoniga ega bo‘lgan eng “hamyonbop” va qulay telefon.

Foto: Spot

Qurilmada tugmali klaviatura, kamera, ilovalar do‘koni va Opera Mini brauzeri mavjud. Telefon QVGA kenglikka ega 2,4 dyuymli displey, FM-radio, svetodiodli fonarcha, 1020 mA/soat batareya bilan jihozlangan. O‘lchamlari: 120,8×53,49×13,81 mm, og‘irligi esa 82 gramm.

Foto: Spot

Nokia 210 kelgusi haftada qora, qizil va kulrang rangdagi variantlarga 35 $ narx bilan sotuvga chiqariladi.