25-fevral kuni Barselonada smartfon ishlab chiqaruvchi ko‘plab kompaniyalar o‘zlarining yangi flagmanlarini namoyish etadigan MWC—2019 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Nokia brendini ishlab chiqarish huquqiga ega Xitoyning HMD Global kompaniyasi ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarni yangi gadjetlar namoyishi bilan xursand qilish niyatida. Ular beshta obyektivda iborat Nokia 9 smartfonini taqdim etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, flagmanning orqa tarafida bir vaqtning o‘zida yettida “ko‘zlar” joylashadi: beshta kamera va chaqnoq (vspishka) va fokuslashtirish uchun infraqizil datchik.
Xitoy smartfoniga buncha sensorlar nega kerakligi ko‘rgazmaga yaqin ma’lum bo‘ladi.
Darvoqe, bundan avvalgi yillarga o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda tugmali telefonlarni namoyish etgandi.
Izoh (0)