O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi, deb yozadi O‘zA.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga muddatli harbiy xizmatga chaqirilish davrida chaqiruv yoshidagi fuqarolarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida 2019-yildan boshlab chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirish belgilandi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, joriy yil chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.
2018-yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari 2019-yilning mart—aprel oylarida rezervga bo‘shatiladi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Mahmudov zimmasiga yuklatildi.
Izoh (0)