Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bugun, 21-fevral kuni Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshliqlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan anjuman o‘z ishini yakunladi. Anjuman yakunida AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Jozef Votel jurnalistlarga bayonot berdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot ximati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlari ishtirok etgan ushbu anjumanni tashkillashtirishda beg‘araz yordam ko‘rsatgan O‘zbekiston Prezidenti hamda Mudofaa vazirligiga minnatdorchilik bildiraman.

Mazkur anjumanni o‘tkazishda O‘zbekistonning AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligiga ko‘rsatayotgan yordami Markaziy va Janubiy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim rol o‘ynaydi. Mintaqada xavsfizlikni ta’minlash hamda barqarorlik uchun tahdidlarga kurashish maqsadida yig‘ilgan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlaridan ham minnatdorman.

Menga hamda qurolli kuchlar bosh shtab boshliqlariga mehmondo‘stligi bilan hurmat ko‘rsatgan O‘zbekiston xalqiga ham rahmat deb qolaman”, — deydi o‘z bayonotida Jozef Votel.

Ta’kidlash kerakki, anjuman qatnashchilari Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qilib, unga ijobiy yechim topish yo‘lida nimalarni amalga oshirish lozimligini belgilab oldilar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi