Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

20-fevral kuni 16 yoshli 10-sinf o‘quvchisi o‘zi bilan maktabga pnevmatik miltiq, gaz ballonlar, niqob va boshqa o‘q-dorilar olib kelganligi aniqlangan. Bu ma‘lumotni “Daryo”ning IIBBdagi manbasi tasdiqladi.

Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lum qilishicha, ushbu hodisa 20-fevral kuni 5-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan.

2003-yilda tug‘ilgan M.M. yonida maktabga qurol olib kelgan.

Mazkur holat profilaktika inspektori tomonidan maktab sumkalarini tekshirish vaqtida aniqlangan.

Bolaning sumkasida 1 dona MINI UZI IWI 16C30245 raqamli glushiteli bilan birga pnevmatik avtomat,  4 ta pnevmatik gaz ballon, 1 dona pnevmatik avtomat uchun magazin bir plasmassa idishda 1,5 mingga yaqin metall zoldir va bosh uchun maska topilgan.

Holat bo‘yicha dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi