19-fevral kuni Toshkent shahar FVV navbatchilik qismiga Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro A.Ya. tomonidan uyi qulflanib qolganligi va egizak chaqaloqlaridan xavotir olayotgani haqida murojaat kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol xonadondan chiqqan paytda ko‘cha eshigi yopilib qolgan. Uyda uning emizikli bolalari — egizaklar va ovqat pishayotgan gaz plita yoniq qolib ketgan.
Shundan so‘ng qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan va maxsus jihozlar yordamida eshikni ochgan va bolalar onasiga topshirilgan.
Izoh (0)