“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion-tahliliy dasturida maktab yotoqxonasida qator turg‘izib qo‘yilib, kaltaklangan o‘quvchilar videosiga aniqlik kiritildi, deb yozadi “Xabar.uz”.
Mazkur voqea 2018-yil 14-oktabr kuni Navoiy viloyatidagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida sodir bo‘lgan. Shu maktabning 3-bosqichida tahsil oluvchi, yotoqxona sardori Aziz Suvonov eshikni kim sindirgani borasidagi savolga o‘quvchilardan qoniqarli javob ololmagach, sherigi Husniddin Holiqov bilan ularni kaltaklagan. Voqea guvohi Shahzod Abduvohidov uni qo‘l telefoniga tasvirga tushirib olgan.
Navoiy shahar IIB tergovchisi A’zam Ismatovning ma’lum qilishicha, hozir bu ish yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari ketmoqda, tekshiruv natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.
Izoh (0)