23-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston axborot texnologiyalar sohasidagi birinchi xalqaro trendlar, dasturiy loyihalar va global innovatsion dasturiy ta’minotlariga bag‘ishlangan EPAM Insider anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Anjuman mamlakatning AKT sohasi mutaxassislari o‘rtasida hamkorlik muloqotini yaratish, o‘zaro tajriba almashish platformasini shakllantirish, sohadagi xalqaro hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilmoqda.
Mazkur anjumanda axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, talabalar bilan bir qatorda global tendensiyalar haqida ko‘proq ma’lumot olish istagidagi fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
Izoh (0)