Butunjahon boks tashkiloti (WBO) fevral oyi uchun bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Mazkur reytingda o‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov (15 ta g‘alaba, 9 ta nokaut) o‘z o‘rnini yaxshilab olgan. Bu haqda GoSport xabar beradi.
Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Abduqahhorov WBOning yangi reytingida ikki pog‘ona yuqorilab, 11-o‘rindan joy oldi. Ozbekiston bokschi sentabr oyiga qadar mazkur reytingda aynan 11-pog‘onada borgan va keyinroq biroz pastlab, yanvar oyi reytingida 13-o‘rinda qayd qilingandi.
Mazkur reytingda o‘zbekistonlik boshqa sportchilar qayd etilmagan. Ma’lumot uchun, Qudratillo WBC reytingida 5, IBF reytingida esa 4-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Abduqahhorov 30-mart kuni yaponiyalik Keita Obaraga (20 ta galaba, 3 ta durang, 1 ta maglubiyat) qarshi IBF chempionlik kamariga birinchi raqamli da’vogar bo‘lish uchun ringga chiqadi. Obara reytingda 15-o‘rinni egallab turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)