Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zining shtatdan tashqari ishlovchi maslahatchisi, sobiq Ukraina xavfsizlik xizmati raisi Igor Smeshkoni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Poroshenko Smeshkoni 2014-yil oktabrda o‘ziga yordamchi etib tayinlagan. 2015-yil mart oyida esa uni shtatdan tashqari maslahatchi lavozimiga o‘tkazgan. 2019-yil 14-yanvar kuni esa uni prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi buyruqqa imzo chekkan.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada prezident saylovlari 31-martda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)