Kinosanoat sohasidagi yirik hind korporatsiyasi Bollivud Amerikaning Gollivudiga o‘xshatib nomlangani hammaga ma’lum.
Ammo Hindistonda joylashgan “orzular fabrikasi” biz o‘ylagandek Hindistonda yagona yoki eng yirik korporatsiya emas. Har yili mamlakatda suratga olinadigan filmlarning 1/3 qismi uning hisobiga to‘g‘ri keladi.
Hind kinematografiyasining o‘ziga xos tarafi raqobatbardosh kinokompaniyalarning ko‘pligida emas, balki ularning hammasi turli tillarda film suratga olishida aks etadi, deya yozadi Travel Ask.
Yillar davomida Hindiston mustamlaka davlat bo‘lgani uning tiliga ham ta’sir ko‘rsatgan. Hindiston ko‘p tilli mamlakat bo‘lgani sabab, filmlar ham turli tilda suratga olinadi.
Rasman davlat tili hindi va ingliz tili hisoblanadi. Ammo bir milliarddan ortiq aholi hind tilida gapirmaydi. Ingliz tilida ham hamma gapira olmaydi. Shu sabab, mamlakatda davlat tili darajasida turuvchi milliy tillar ro‘yxati mavjud. Bu tillar qaysi shtatlarda keng tarqalgan bo‘lsa, o‘sha shtatning rasmiy tili hisoblanadi. Ularning soni 25 ta. Lingvist va etnograflarning hisobiga ko‘ra esa, Hindistonda jami 400 dan ortiq tildan foydalaniladi.
Hindida so‘zlashuvchilar soni bo‘yicha yetakchilik qiladi (mamlakat aholisining 41 foizi). U mamlakatning asosan shimoliy qismida keng tarqalgan. Agar siz Goa yoki boshqa bir janubiy shtatga bormoqchi bo‘lsangiz, hind tili so‘zlashgichidan kerakli iboralarni o‘rganmasangiz ham bo‘ladi.
Keyingi o‘rinda bengal tili turadi (8 foiz aholi gapiradi). Bengal tilida so‘zlashuvchilar asosan mamlakatning sharqiy qismida yashaydi.
Undan keying o‘rinlarda telugu, marathi va tamil tillari turadi. Har birida 60—70 million kishi so‘zlashadi. Aynan telugu tilida Tollivud kinostudiyasi film suratga oladi, tamil tilida esa Kollivud. Bu kinostudiyalar Bollivudga munosib raqib hisoblanadi. Marathi esa iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan shtat Maharashtraning tili. Poytaxti Mumbay. Hindi, telugu va tamildan tashqari, Hindiston kinosanoati oriya, malayalam, kannada va boshqa tillardan ham foydalanadi.
Izoh (0)