Suriyaning Idlib shahrida mina o‘rnatilgan ikkita avtomobil portladi. 13 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Portlashlar Idlibning aholi gavjum joylaridan biri bo‘lgan Kusur ko‘chasida birin-ketin sodir bo‘lgan.
Idlib fuqarolar mudofaasi boshqarmasining boshlig‘i Haj Yusufning aytishicha, birinchi portlash tushdan keyin eshitilgan. Ikkinchi mashina esa voqea joyiga mudofaa xodimlari yetib kelgach portlagan. Natijada uch nafar xodim voqea joyida halok bo‘lgan.
Portlash atrofdagi binolarga zarar yetkazgan. Yong‘in tezda o‘chirilgan.
Ushbu terrorchilik harakati kim tomonidan amalga oshirilgani hali noma’lum.
Izoh (0)