O‘zbekistonga pornografik mazmundagi materiallarni olib kirish, olib chiqish va tarqatish qonun bilan taqiqlangan. Ammo, shunga qaramay, behayolik hamda shafqatsizlikni targ‘ib etuvchi materiallarni sotib, mo‘may daromad qilishni maqsad qilgan fuqarolar ham uchrab turibdi, deb yozadi O‘zA.
Shu bois Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda inson ruhiyatiga salbiy ta’sir etuvchi jangari va pornografik mazmundagi kontrafakt videofilmlarning noqonuniy tarqatilishiga qarshi kurashish maqsadida Jizzax shahar “Ko‘k bozor” savdo majmuasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari U.I., N.T. va H.Q. jami qiymati 3,763 ming so‘mlik 836 dona litsenziyalanmagan, jangari va behayo mazmundagi videofilmlar hamda turli xildagi xorijiy musiqa kliplari yozilgan kontrafakt DVD va SD disklarni Jizzax shahridagi “Ko‘k bozor” savdo majmuasi hududida sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Fuqarolar o‘z ko‘rsatmalarida mazkur disklarni Toshkent shahridagi bozorlarning biridan sotib olganligi va qayta sotib foyda ko‘rish maqsadida Jizzax shahriga olib kelganligini bayon qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)