2019-yil 12-fevral kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, Ohangaron shahar 2-mikrorayonda yashovchi L.I., Eyvalak mahallasida o‘zi bilan birga 1 kg. 262,2 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)