Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-iyundan:
- davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar istalgan joydagi Davlat xizmatlari markazlaridan (propiska va pochta manzilidan qa’tiy nazar) murojaat qilishga haqli;
- davlat xizmatlarini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar Markazlar orqali yoki bevosita xizmat ko‘rsatuvchi organlarga murojaat etganda to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi.
2019-yil 1-apreldan quyidagi hujjatlarni olish bo‘yicha talablar bekor qilinadi:
- Eksport kontrakt ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
- Mol so‘yishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi;
- Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishda buzilgan yerlar qayta tiklanganligini haqida xulosa;
- Voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari reklama qilishga ruxsatnoma;
- Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qiladigan tadbirkorlik subyektlarining savdo obyektlari joylashuvi;
- Yerlarning barcha toifalarida geologik-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa turdagi qidiruv ishlarini olib borishga ruxsatnoma.
Izoh (0)