“Tottenhem” hujumchisi Son Hyon Min Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalida Dortmundning “Borussiya” klubi darvozasiga bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi (3:0).
Janubiy Koreya terma jamoasining 26 yoshli futbolchisi London klubi safida barcha musobaqalarda oxirgi 12 ta uchrashuvda 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Son 2015-yildan buyon “shporlar” tarkibida to‘p suradi. U shu vaqtgacha London klubi uchun 158 ta o‘yinda maydonga tushib, 55 ta golga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)