Istanbul politsiyasi 14-fevral kuni hisobotini e’lon qildi. Unda o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining jasadi pechda yoqib yuborilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxmin ilgari surilgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Turkiyalik tergovchilar taxminicha, saudiyalik muxolifatchi jurnalist Jamol Qoshiqchining jasadi Istanbuldagi qirollik bosh konsulligida yoqib yuborilgan bo‘lishi mumkin.
“Saudiya Arabistonining bosh konsulligi binosida pech borligi aniqlangan. Ekspertlar fikricha, u ming darajagacha qizishi mumkin. Bunda istalgan biologik to‘qima DNK izlarini aniqlash imkonisiz yo‘q bo‘ladi”, — deyiladi hisobotda.
Shuningdek, jurnalist o‘ldirilgandan so‘ng Saudiya Arabistoni bosh konsulligi Istanbul restoranlaridan biriga 32 porsiya xom go‘sht buyurtma qilganligi ta’kidlanadi.
Izoh (0)