Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak final bahsi dastlabki o‘yinida “Manchester Yunayetd” o‘z maydonida PSJga mag‘lub bo‘ldi (0:2).
“Mankunianlar” tarixda ilk marotaba o‘z maydonida kechgan Yevrokubok doirasidagi bahslarda darvozasidan bittadan ko‘p to‘p olib chiqdi. Bu haqda Opta xabar berdi.
Bu klubning Ole-Gunnar Sulsherning qo‘l ostidagi birinchi mag‘lubiyati. “Mankunianlar”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 12-uchrashuvga kelib tugadi.
Joze Mourinyo jamoa boshqaruvidan ketgandan so‘ng “Yunayted” norvegiyalik qo‘l ostida 12 ta uchrashuv o‘tkazdi. Shundan 10 tasida g‘alaba qozondi, 1 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)