Toshkentda muddatidan avval o‘rik daraxti gulladi, deb xabar qildi Sputnik.
Bahorda o‘rik daraxti birinchilardan bo‘lib gullaydi. Havo harorati 5 darajagacha ko‘tarilganda, daraxt kurtak yozadi. Agar havo harorati uzoq muddat davomida saqlansa, daraxt gullay boshlaydi.
O‘zbekiston poytaxtidagi so‘nggi iliq kunlar ayrim o‘rik daraxtlarining gullashiga olib keldi. Hozirda poytaxtda bahor tarovatini his etish mumkin, deyiladi xabarda.
Izoh (0)