Hindiston havo kuchlarining MiG-27 qiruvchi samolyoti 12-fevral kuni mamlakat shimolidagi Rojaston shtatidagi Jaysalmer shahri yaqinida qulab tushdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Uchuvchi katapulta yordamida muvaffaqiyatli irg‘ib tushdi.
“Nazorat-taftish komissiyasi voqea sabablarini o‘rganmoqda,” — dedi polkovnik Sombit Gosh.
Izoh (0)