• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Titanik” Qo‘yliqda cho‘kdimi? Erinchoqlikning foydasi haqida. Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar

    Ijtimoiy tarmoqdagi gap so‘zlarga qaraganda… bo‘libdi. Nima bo‘libdi deysizmi? Unda quyida o‘qib bilishingiz mumkin, navbatdagi dayjestimizni boshladik.

    Yaxshi xabarlardan boshlaylik. Mana buni o‘qib shaxsan juda xursand bo‘ldim:

    Umar Avazov

    Bosh vazir Abdulla Aripov mas’ul va yuqori lavozimlarga “Buyuk kelajak”ning 20 nafar xalqaro eksperti bilan 6-7-fevral kunlari shaxsan suhbat o‘tkazib, ularni o‘z sohalari bo‘yicha yuqori lavozimlarni taklif etdi. Bu bilan xorijda yashayotgan vatandoshlarni tayinlash amaliyotini keng joriy etish boshlandi.

    Erinchoqlik haqida

    Facebook foydalanuvchisi Nurbek Alimov ko‘pchilik e’tibor bermagan jihatlar haqida o‘z uslubida tahlil qilib berdi:

    Nurbek Alimov

    Dangasalik yoki erinchoqlikdan hech qachon qo‘rqma. Dangasalik minde opqaraganda progressning motori hisoblanadi. Piyoda yuraverishdan charchagan qadimgi ajdodimiz g‘ildirak va aravani yaratganiga shubham yo‘q. Keyin, mikrovolnovka, kir yuvish mashinasi, idish yuvadigan mashinalar va juda ham ko‘p narsalar insonlarning og‘irini yengil qilish shiori ostida, aslida g‘irt dangasa iploslar tomonidan o‘ylab topilgan desa ham bo‘ladi.

    Misol uchun, sen kun bo‘yi kompyuterda veb dizayn yaratish yoki smm’larni o‘rganyapsan, buni ko‘rgan oying “tur Eshmat, kompyuter o‘ynab yotaverasanmi? Dugonamning o‘g‘li Toshmatni qara, qanaqa mehnatkash bola, har kuni vagon tushirib, uyiga pul topib keladi...” Hmmm, Toshmat... Toshmat aslida vokzal binosidagi shinam xonalardan birida komyuter “o‘ynab”, tishini kovlab o‘tirgan G‘ishmat uchun ishlayapti. Uni boy qilyapti. Yuklar G‘ishmatniki... Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarnigina boy qiladi xolos. Toshmat vagon tushirib topgan puliga ikki dunyoda sayohat qilmaydi, nari borsa tirikchiligi o‘tadi, keyinchalik bel og‘rig‘iga, dori-darmonga sarflaydi... Dangasalikning turlari ko‘p, men misol uyimdagi gazonlarni o‘rishga ham erinaman, lekin haftada ikki martta poyezdda 12 soatlab yo‘l yurib, bir dunyo ma’lumotni analiz qilish va taxminiy iqtisodiy prognozlar qilishga erinmayman. Kiyimimni veshalkaga ilib qo‘yishga erinaman, lekin 10 kilometr piyoda prosto tak yurishga erinmayman. Hech qachon o‘ylanishga, fikr qilishga erinma. Sport bilan shug‘ullanishga erinma. Agar o‘z yo‘lingni topib, yaxshi pul topsang sen kabi o‘ylamaydigan Toshmatga pul berib o‘rdirishing mumkin gazonlarni... Dangasalarning yana bir ustun tarafi ularga aytilgan ishni tez va sifatli bajarishlarida. Tezligi shu ishdan tezroq qutulish yo‘li bo‘lsa, sifatliligi esa yana boshqatdan shu ishni qilishdan qo‘rkish.

    Ayollar, bizning jamiyatimizdagilari ayniqsa, bu postni o‘kib olib, erning kelishiga ovqat qilishga erinib yurmang. Natijasiga men javobgarlikni zimmamga olmayman.) Sevimli insoni uchun odam o‘zini yoqmagan yoki qilishni istamagan narsasiga ham majburlashi kerak. Boshqa hech narsa yoqmagan ishni qilishga o‘zingni majburlashingga arzimaydi.

    Kitob o‘qishga, fikr qilishga, yangiliklar yaratishga erinar ekansan, unda iloji yo‘q, bir vagon un yoki shakar seni kutyapti... Davay.

    * * *

    Balki Ortiqov Sunnatullohning fikriga qo‘shilmassiz, lekin umumiy ma’noda yaxshi tahlil qilingan post sifatida keltirmoqchimiz:

    Ortiqov Sunnatulloh

    Elektr energiya ta’minotimizga yuqoridan bir qarab ko‘rdim.

    Energiya har qanday kelajakni buyuk qilishi mumkin. Lekin resurslarimizdan faqat xorijiy davlatlar foydalanishar ekan, bizga bu orzu bo‘lib qolaveradi.

    “O‘zbekenergo AJ”ni tanqid qilamiz, ammo ularga ham kimdir topshiriqni shunday bermasa, so‘kish eshitish kimga kerak?

    Hindistonga chiqish yo‘limiz bo‘lganda rivojlanish konsepsiyamizni 400 bet emas, 5-6 betda ham bayon qilib bersa bo‘lardi. Xitoyga nisbatan Hindiston yaxshi va ishonchliroq hamkor.

    Bilishimcha, juda ko‘p resurs manbalari import bo‘larkan. Oltin importi bo‘yicha 4-o‘rinda turar ekan. O‘zbekiston ham shu sohada oldinroq, faqat aksi.

    Yaqin kelajakda Xitoy va Hindiston sun’iy intellekt, intelektual salohiyat, kosmosni tadqiq qilish kabi sohalar bo‘yicha yuqori cho‘qqilarni egallaydi. Bizning yoshlarimiz esa o‘tin izlash va Rossiyaga ketish bilan ovora bo‘lib yuraversa ajab emas...

    Barchasini o‘zgartirish mumkin...

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook
    Facebook’dagi boshqa hangomalar:
    Firuz Allayev

    Bugun bir akamiz Google Maps’da Zangiotadagi hovlisini ikki soat yaqinlashtirib o‘ziga o‘zi gapirib turganini ko‘rdim. Nimaga ikki soatdan beri uyingizga tepadan sputnikdan tikilib turibsiz desam, devorni egri tortibmiz deydi))

    * * *
    Sunnatilla Aliqulov

    Sobiq Ittifoq davrida maktabgacha ta’lim muassasalarida (bog‘cha) tushlik vaqtida bolalarni tashqarida sovuqda uxlatishgan ekan. Yosh bola toza havoda yaxshi uxlaydi degan fikr ilgari surilgani uchun. Moskva, 1958-yil.

    SSSRdan qolgan yana bir odat, ertalabda sovuq suvga dush qabul qilish. Bir qarindoshimiz shu odatini 10-15 yil oldin rosa maqtanib “men bu odatni armiyada o‘rganganman” derdi. Biz uchun u qahramon edi. Bechoraning hozir ovoz pardalari yaxshi ishlamaydi. Bo‘yni ham qotib qoladi. Qisqasi, organizmlari ancha ishdan chiqqan. U endi biz uchun qahramon emas.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook
    Shifokorning faryodi

    Shifokor Shavkatjon Toshmatov ayrim xunuk holatlardan to‘yib ketgan shekilli, dardini yashirmay, ochiqchasiga, achchiq gaplar bilan aytilgan post qo‘yibdi. Albatta, odamlarimizda tibbiy madanyat kuchaysa, ko‘pgina tushunmovchiliklar bo‘lmasdi.

    SHAVKATJON TASHMATOV

    Do‘xtirlarning ustidan portalga yozadiganlarga aytib qo‘yay: mabodo yarim kechasi dardingiz bezovta qilsa, uyimga kelmasdan, TЕZ YORDAM chaqiring!

    Shunda hammasi qonuniy bo‘ladi. Bolangizning dardi boshlanganiga uch kun bo‘lgan, siz bo‘lsa endi opkelasiz. Shu paytgacha nima qildingiz? javob tayyor: “Qaynonam u dedi... erim bu dedi... dalada ekinimiz bor edi, yomg‘irda qopketmasin dedik...” Shuyam gapmi, bola-chi, bola?

    Ahvoli og‘ir, yotib davolanasan desa ko‘z yosh qilishadi “sharoitim yo‘q” deb!

    Xuddi uyida sharoiti borday!

    Dorilarni yozib bersangiz, “xotiningizdan qatnab opturo‘ramiz deyishadi (xuddi do‘xtir xotinining uyida boshqa ishi yo‘qday).

    Poliklinikaga bormiydi, uyga ikki kunda kelsang ikki kun kutishadi. Borsa, ishi qopketadi yoki Damas’ga yo‘lkira qilish kerak! Ungacha o‘zlaricha do‘xtirlik qilishadi. Ko‘chaga chiqib ketsang, qarg‘abam qo‘yishadi: “Uyda o‘tirsa bo‘lmiydimi, ikki kundan beri kepketyappiz! Odamning ishi tushsa bular o‘zi shunaqa, portalga yozvorardimu”mish...

    Bir hafta hali u domlaga, hali bu domlaga o‘qitib, oxiri dardingiz kuchayganda, ilojsizlikdan o‘lar holatda kelvolib to‘polon qilishingiz!..

    Hammayam sizga o‘xshagan odam. Poliklinikaga borib, qabulga yozilib navbatingiz kelishini kuting!

    Yana bitta gap: hamma doriyam shifoxonada tekinga berilavermaydi, sizlar o‘ylaganchalik vrach dorini yashirib, bosib o‘tirgani yo‘q. Agar tekin beriladigan dorilar ro‘yxatini bilmoqchi bo‘lsangiz, glavvrach bilan starshiydan so‘rab bilvolinglar, o‘shalar hal qiladi (agar hal qilvorishmagan bo‘lsa).

    Dejurdan charchab kelgan odamni yarim kechasi bezovta qilib, hojatingizni chiqarganini evaziga besh-o‘n so‘m beradigan pulingizni gapirishni o‘rniga, yaxshisi ish vaqtida (ishingizni tashlab) qabuliga boring, uyigamas! Ertaga vaqtli turib ishga borish kerak, qishning kuni kasal ko‘p va yana navbatchilik...

    Bog‘cha bolasiga o‘rgatilgan g‘alati she’r

    Bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bog‘cha bolalariga o‘rgatilayotgan g‘alati she’r haqida post qildi:

    Shoira Isakova

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    5 yoshli bolaga bog‘chada berilgan she’rni biir o‘qib ko‘ring, balki men tushunmagandirman!

    Shifokorlarning bemorlarga munosabati, bizningcha, mana bunday bo‘lishi kerak:
    ‎Mumtoz Suhayl‎

    Paloncha akaning emas, oddiy fuqarolarning farzandini shunchaki operatsiyaga kuzatishmoqda. Bolajon(bemor)ning ruhiyati muhimligini tushunishadi balki.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Ispaniya kasalxonalaridan biri.

    “Titanik” Qo‘yliq yo‘llarida nima qilib yuribdi?

    Jiddiy postlar qatorida, o‘tkir hazillarning ham keti uzilmadi. “Voditeli Tashkenta” guruhida qo‘yilgan post:

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Telegram-kanallarda nimalar yozilmoqda?

    Shanba kuni Alisher Navoiyning tavallud kuniga bag‘ishlab “Asanov formati” kanali admini, jurnalist Eldor Asanov “Alisher Navoiy o‘zbekmi shoiri bo‘lganmi?” degan post yozdi. Tavsiya qilamiz, bafurja o‘qiydgan mavzu.

    “Xushnudbek.uz” ham ushbu sanaga atab post qo‘ygan.

    “Troll.uz” kanali esa yaqinda tarqalgan bir taklifga munosabatini bildirib post yozibdi:

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Twitter’dagi sara postlar bilan bo‘lishamiz:

    https://twitter.com/Hazilchi/status/1094826058388590593

    https://twitter.com/sds_uz/status/1094815854196416513

    Ijtimoiy tarmoqda hozircha shunaqa gaplar, hafta o‘rtasida keyingi sonimizni o‘tkazib yubormang, ko‘rishguncha!

    Isroil Tillaboyev tayyorladi.

    11.02.2019, 19:02   Izoh (0)   41721
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand viloyatida jinoyatchilik oldini olish maqsadida ko‘p qavatli uylarga videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi

    11.02.2019, 18:52

    Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filiali sentabrdan ishga tushishi mumkin

    11.02.2019, 18:39

    Navoiyda dollarni qalbakilashtirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    11.02.2019, 18:26

    Bu haftada O‘zbekistonga Volgabo‘yidan salqin havo massalari kirib keladi

    11.02.2019, 18:13

    Janubiy koreyalik mutaxassis O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

    11.02.2019, 17:32

    Rossiyada O‘zbekiston birjasining birinchi savdo maydonchasi ochildi

    11.02.2019, 17:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni rasman bekor qildi

    Dunyo | 1 iyul, 10:14

    Lukashenko aholini “hokimiyat uchun duo qilish”ga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyul, 09:55

    So‘nggi “O‘rgimchak odam” rejissyori Reddit’dagi birgina post sabab mashhur sahnani o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi

    Kino | 1 iyul, 09:45

    Namanganda qalbaki valyuta sotuvchilar qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 09:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Inter”ni musobaqadan chiqarib yubordi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:29

    “Kalmar o‘yini” muallifi serialning finali va davom etish ehtimoli haqida o‘z fikrini bildirdi

    Kino | 1 iyul, 09:28

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:04

    Isroil G‘azodagi kafega aviazarba berdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 1 iyul, 08:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.