Ijtimoiy tarmoqdagi gap so‘zlarga qaraganda… bo‘libdi. Nima bo‘libdi deysizmi? Unda quyida o‘qib bilishingiz mumkin, navbatdagi dayjestimizni boshladik.
Yaxshi xabarlardan boshlaylik. Mana buni o‘qib shaxsan juda xursand bo‘ldim:
Umar AvazovErinchoqlik haqidaBosh vazir Abdulla Aripov mas’ul va yuqori lavozimlarga “Buyuk kelajak”ning 20 nafar xalqaro eksperti bilan 6-7-fevral kunlari shaxsan suhbat o‘tkazib, ularni o‘z sohalari bo‘yicha yuqori lavozimlarni taklif etdi. Bu bilan xorijda yashayotgan vatandoshlarni tayinlash amaliyotini keng joriy etish boshlandi.
Facebook foydalanuvchisi Nurbek Alimov ko‘pchilik e’tibor bermagan jihatlar haqida o‘z uslubida tahlil qilib berdi:
Nurbek Alimov* * *Dangasalik yoki erinchoqlikdan hech qachon qo‘rqma. Dangasalik minde opqaraganda progressning motori hisoblanadi. Piyoda yuraverishdan charchagan qadimgi ajdodimiz g‘ildirak va aravani yaratganiga shubham yo‘q. Keyin, mikrovolnovka, kir yuvish mashinasi, idish yuvadigan mashinalar va juda ham ko‘p narsalar insonlarning og‘irini yengil qilish shiori ostida, aslida g‘irt dangasa iploslar tomonidan o‘ylab topilgan desa ham bo‘ladi.
Misol uchun, sen kun bo‘yi kompyuterda veb dizayn yaratish yoki smm’larni o‘rganyapsan, buni ko‘rgan oying “tur Eshmat, kompyuter o‘ynab yotaverasanmi? Dugonamning o‘g‘li Toshmatni qara, qanaqa mehnatkash bola, har kuni vagon tushirib, uyiga pul topib keladi...” Hmmm, Toshmat... Toshmat aslida vokzal binosidagi shinam xonalardan birida komyuter “o‘ynab”, tishini kovlab o‘tirgan G‘ishmat uchun ishlayapti. Uni boy qilyapti. Yuklar G‘ishmatniki... Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarnigina boy qiladi xolos. Toshmat vagon tushirib topgan puliga ikki dunyoda sayohat qilmaydi, nari borsa tirikchiligi o‘tadi, keyinchalik bel og‘rig‘iga, dori-darmonga sarflaydi... Dangasalikning turlari ko‘p, men misol uyimdagi gazonlarni o‘rishga ham erinaman, lekin haftada ikki martta poyezdda 12 soatlab yo‘l yurib, bir dunyo ma’lumotni analiz qilish va taxminiy iqtisodiy prognozlar qilishga erinmayman. Kiyimimni veshalkaga ilib qo‘yishga erinaman, lekin 10 kilometr piyoda prosto tak yurishga erinmayman. Hech qachon o‘ylanishga, fikr qilishga erinma. Sport bilan shug‘ullanishga erinma. Agar o‘z yo‘lingni topib, yaxshi pul topsang sen kabi o‘ylamaydigan Toshmatga pul berib o‘rdirishing mumkin gazonlarni... Dangasalarning yana bir ustun tarafi ularga aytilgan ishni tez va sifatli bajarishlarida. Tezligi shu ishdan tezroq qutulish yo‘li bo‘lsa, sifatliligi esa yana boshqatdan shu ishni qilishdan qo‘rkish.
Ayollar, bizning jamiyatimizdagilari ayniqsa, bu postni o‘kib olib, erning kelishiga ovqat qilishga erinib yurmang. Natijasiga men javobgarlikni zimmamga olmayman.) Sevimli insoni uchun odam o‘zini yoqmagan yoki qilishni istamagan narsasiga ham majburlashi kerak. Boshqa hech narsa yoqmagan ishni qilishga o‘zingni majburlashingga arzimaydi.
Kitob o‘qishga, fikr qilishga, yangiliklar yaratishga erinar ekansan, unda iloji yo‘q, bir vagon un yoki shakar seni kutyapti... Davay.
Balki Ortiqov Sunnatullohning fikriga qo‘shilmassiz, lekin umumiy ma’noda yaxshi tahlil qilingan post sifatida keltirmoqchimiz:
Ortiqov SunnatullohFacebook’dagi boshqa hangomalar:Elektr energiya ta’minotimizga yuqoridan bir qarab ko‘rdim.
Energiya har qanday kelajakni buyuk qilishi mumkin. Lekin resurslarimizdan faqat xorijiy davlatlar foydalanishar ekan, bizga bu orzu bo‘lib qolaveradi.
“O‘zbekenergo AJ”ni tanqid qilamiz, ammo ularga ham kimdir topshiriqni shunday bermasa, so‘kish eshitish kimga kerak?
Hindistonga chiqish yo‘limiz bo‘lganda rivojlanish konsepsiyamizni 400 bet emas, 5-6 betda ham bayon qilib bersa bo‘lardi. Xitoyga nisbatan Hindiston yaxshi va ishonchliroq hamkor.
Bilishimcha, juda ko‘p resurs manbalari import bo‘larkan. Oltin importi bo‘yicha 4-o‘rinda turar ekan. O‘zbekiston ham shu sohada oldinroq, faqat aksi.
Yaqin kelajakda Xitoy va Hindiston sun’iy intellekt, intelektual salohiyat, kosmosni tadqiq qilish kabi sohalar bo‘yicha yuqori cho‘qqilarni egallaydi. Bizning yoshlarimiz esa o‘tin izlash va Rossiyaga ketish bilan ovora bo‘lib yuraversa ajab emas...
Barchasini o‘zgartirish mumkin...
Firuz Allayev* * *Bugun bir akamiz Google Maps’da Zangiotadagi hovlisini ikki soat yaqinlashtirib o‘ziga o‘zi gapirib turganini ko‘rdim. Nimaga ikki soatdan beri uyingizga tepadan sputnikdan tikilib turibsiz desam, devorni egri tortibmiz deydi))
Sunnatilla AliqulovShifokorning faryodiSobiq Ittifoq davrida maktabgacha ta’lim muassasalarida (bog‘cha) tushlik vaqtida bolalarni tashqarida sovuqda uxlatishgan ekan. Yosh bola toza havoda yaxshi uxlaydi degan fikr ilgari surilgani uchun. Moskva, 1958-yil.
SSSRdan qolgan yana bir odat, ertalabda sovuq suvga dush qabul qilish. Bir qarindoshimiz shu odatini 10-15 yil oldin rosa maqtanib “men bu odatni armiyada o‘rganganman” derdi. Biz uchun u qahramon edi. Bechoraning hozir ovoz pardalari yaxshi ishlamaydi. Bo‘yni ham qotib qoladi. Qisqasi, organizmlari ancha ishdan chiqqan. U endi biz uchun qahramon emas.
Shifokor Shavkatjon Toshmatov ayrim xunuk holatlardan to‘yib ketgan shekilli, dardini yashirmay, ochiqchasiga, achchiq gaplar bilan aytilgan post qo‘yibdi. Albatta, odamlarimizda tibbiy madanyat kuchaysa, ko‘pgina tushunmovchiliklar bo‘lmasdi.
SHAVKATJON TASHMATOVBog‘cha bolasiga o‘rgatilgan g‘alati she’rDo‘xtirlarning ustidan portalga yozadiganlarga aytib qo‘yay: mabodo yarim kechasi dardingiz bezovta qilsa, uyimga kelmasdan, TЕZ YORDAM chaqiring!
Shunda hammasi qonuniy bo‘ladi. Bolangizning dardi boshlanganiga uch kun bo‘lgan, siz bo‘lsa endi opkelasiz. Shu paytgacha nima qildingiz? javob tayyor: “Qaynonam u dedi... erim bu dedi... dalada ekinimiz bor edi, yomg‘irda qopketmasin dedik...” Shuyam gapmi, bola-chi, bola?
Ahvoli og‘ir, yotib davolanasan desa ko‘z yosh qilishadi “sharoitim yo‘q” deb!
Xuddi uyida sharoiti borday!
Dorilarni yozib bersangiz, “xotiningizdan qatnab opturo‘ramiz deyishadi (xuddi do‘xtir xotinining uyida boshqa ishi yo‘qday).
Poliklinikaga bormiydi, uyga ikki kunda kelsang ikki kun kutishadi. Borsa, ishi qopketadi yoki Damas’ga yo‘lkira qilish kerak! Ungacha o‘zlaricha do‘xtirlik qilishadi. Ko‘chaga chiqib ketsang, qarg‘abam qo‘yishadi: “Uyda o‘tirsa bo‘lmiydimi, ikki kundan beri kepketyappiz! Odamning ishi tushsa bular o‘zi shunaqa, portalga yozvorardimu”mish...
Bir hafta hali u domlaga, hali bu domlaga o‘qitib, oxiri dardingiz kuchayganda, ilojsizlikdan o‘lar holatda kelvolib to‘polon qilishingiz!..
Hammayam sizga o‘xshagan odam. Poliklinikaga borib, qabulga yozilib navbatingiz kelishini kuting!
Yana bitta gap: hamma doriyam shifoxonada tekinga berilavermaydi, sizlar o‘ylaganchalik vrach dorini yashirib, bosib o‘tirgani yo‘q. Agar tekin beriladigan dorilar ro‘yxatini bilmoqchi bo‘lsangiz, glavvrach bilan starshiydan so‘rab bilvolinglar, o‘shalar hal qiladi (agar hal qilvorishmagan bo‘lsa).
Dejurdan charchab kelgan odamni yarim kechasi bezovta qilib, hojatingizni chiqarganini evaziga besh-o‘n so‘m beradigan pulingizni gapirishni o‘rniga, yaxshisi ish vaqtida (ishingizni tashlab) qabuliga boring, uyigamas! Ertaga vaqtli turib ishga borish kerak, qishning kuni kasal ko‘p va yana navbatchilik...
Bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bog‘cha bolalariga o‘rgatilayotgan g‘alati she’r haqida post qildi:
Shoira IsakovaShifokorlarning bemorlarga munosabati, bizningcha, mana bunday bo‘lishi kerak:5 yoshli bolaga bog‘chada berilgan she’rni biir o‘qib ko‘ring, balki men tushunmagandirman!
Mumtoz Suhayl“Titanik” Qo‘yliq yo‘llarida nima qilib yuribdi?Paloncha akaning emas, oddiy fuqarolarning farzandini shunchaki operatsiyaga kuzatishmoqda. Bolajon(bemor)ning ruhiyati muhimligini tushunishadi balki.
Ispaniya kasalxonalaridan biri.
Jiddiy postlar qatorida, o‘tkir hazillarning ham keti uzilmadi. “Voditeli Tashkenta” guruhida qo‘yilgan post:
Telegram-kanallarda nimalar yozilmoqda?
Shanba kuni Alisher Navoiyning tavallud kuniga bag‘ishlab “Asanov formati” kanali admini, jurnalist Eldor Asanov “Alisher Navoiy o‘zbekmi shoiri bo‘lganmi?” degan post yozdi. Tavsiya qilamiz, bafurja o‘qiydgan mavzu.
“Xushnudbek.uz” ham ushbu sanaga atab post qo‘ygan.
“Troll.uz” kanali esa yaqinda tarqalgan bir taklifga munosabatini bildirib post yozibdi:
Twitter’dagi sara postlar bilan bo‘lishamiz:
Эр хотинига:
— iBurhone (@Hazilchi) February 11, 2019
- Сен армияга бориб кўрсанг эди - биларданг эркакларга қанчалик қийинлигини - деса
Хотини:
- Сиз туғруқхонага бориб кўрсангиз эди, қочиб кетардингиз ўша армиянггизга...!!
https://twitter.com/sds_uz/status/1094815854196416513
Ijtimoiy tarmoqda hozircha shunaqa gaplar, hafta o‘rtasida keyingi sonimizni o‘tkazib yubormang, ko‘rishguncha!
Isroil Tillaboyev tayyorladi.
Izoh (0)