10-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 23-turi doirasida navbatdagi 4 ta uchrashuv yakunlandi.
Pablo Machin qo‘l ostidagi “Sevilya” klubi o‘z maydonida “Eybar”ni qabul qildi.
O‘yinning 22-daqiqasida Fabian Orelyana hisobni ochgan bo‘lsa, 63-daqiqaga kelib Charlz Anaits Zabala Arbilya uzatmasini golga aylantirdi (2:0). 88-daqiqada esa “Sevilya” hujumchisi Vissam Ben-Yedder hisobni qisqartirdi (2:1). Oradan 3 daqiqa o‘tib (90+1) birinchi golga assistentlik qilgan Pablo Sarabiya “Eybar” darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (2:2).
Shu tariqa “Sevilya” uchrashuvda 87 daqiqa hisobda ortda borib, 3 daqiqada 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Kunning so‘nggi o‘yinida Ernesto Valverde boshqaruvidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi mehmonda “Atletik Bilbao” bilan o‘ynadi.
Uchrashuvda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Mazkur turdan so‘ng “ko‘k-anor ranglilar” 51 ochko bilan musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. Eng yaqin ta’qibchisi Madridning “Real” klubida esa 45 ochko mavjud.
La Liga
23-tur bahslari
10-fevral, yakshanba
“Leganes”—“Betis” 3:0
Gollar: 1:0 — 22 An-Nosiriy, 2:0 — 36 An-Nosiriy, 3:0 — 66 An-Nosiriy.“Valensiya”—“Real Sosyedad” 0:0
“Sevilya”—“Eybar” 2:2
Gollar: 0:1 — 22 Orelyana, 0:2 — 63 Charlz, 1:2 — 88 Ben-Yedder, 2:2 — 90 Sarabiya.“Atletik Bilbao”—“Barselona” 0:0
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)