Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sharqiy va shimoliy Qozog‘iston viloyatlarida maktablarning 1-sinfidan 11-sinfigacha o‘quvchilar uchun darslar bekor qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ostonada 8-fevral kuni birinchi smenadagi o‘quvchilar, kollejlarning birinchi kurs talabalari uchun darslar bo‘lmadi. Bunga Qozog‘istonning shimoliy va markaziy mintaqalarida kuzatilayotgan kuchli sovuqlar sabab bo‘ldi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli avtomobil trassalari berkitildi.
“Kazaxavtodor” korxonasining ma’lum qilishicha, Pavlodar viloyatidagi yo‘llar yopildi. Shuningdek, Ostonadan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘llar ham berkitildi. Sharqiy Qozog‘iston, Oqmola va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlarida jamoat va dizel avtotransport harakati to‘xtatildi.
Hafta boshlarida ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Yuriy Ilin haroratning keskin tushib ketishi, qor yog‘ishi, bo‘ron bo‘lishidan ogohlantirgan edi.
“Kazgidromet” 10 ta viloyatda kuchli sovuq va bo‘ronlar bo‘lishidan ogohlantirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi