“Daryo” tahririyatiga “O‘zbekgeofizika” xodimlari tashkilotning boshqarmasi va uning filiallariga 2018-yilning dekabr oyidan beri oylik maoshlar bermagani haqida murojaatini e‘lon qilgandik.
“Tashkilot 2018-yil dekabr oyi uchun ish haqi ishchi-xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida oylik ish haqiga qo‘shimcha ravishda davlat bayramlari (Konstitutsiya kuni, Yangi yil) munosabati bilan hamda choraklik va xodimlarning ko‘p yillik xizmatlari uchun qo‘shimcha mukofot pullari berilishi kerak edi.
To‘lov miqdorlarining keskin oshishi, ya’ni ikki barobarga yaqin ko‘tarilishi tashkilotda vaqtinchalik mablag‘lar tanqisligini keltirib chiqargan. Shu sabab oylik maoshlarni o‘z vaqtida to‘lash imkoniyati bo‘lmadi”— deyiladi “O‘zbekgeofizika” rasmiy bayonotida.
Murojaatdan so‘ng, “O‘zbekgeofizika” ishchi-xodimlariga o‘tgan yilning dekabr oyi uchun hisoblangan ish haqi hamda mukofot pullari to‘liq to‘lab bergan.
Bundan tashqari, 2018-yil davomida dala sharoitida ishlayotgan jamiyat xodimlariga to‘lanadigan ustamalar ham muntazam ravishda to‘lab kelinayotgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)