Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi rahbari Komil Allamjonov O‘zbekistonda joriy etiladigan jurnalistlar umummilliy guvohnomasi yuzasidan izoh berdi.

Foto: Facebook / Komil Allamjonov

Foto: Facebook / Komil Allamjonov

2019-yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi jurnalistining umume’tirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish rejalanmoqda. Unga ko‘ra, ushbu guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining gologramma muhri bilan tasdiqlangan ID karta ko‘rinishida bo‘lib, unda guvohnoma egasi haqida ma’lumot, fotosurat, himoyalangan shaxsiy shtrix-kod mavjud bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, milliy guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan jurnalistlarga bepul taqdim etiladi. Guvohnoma jurnalistning haqiqatan professional kasb egasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Mazkur guvohnoma jurnalistlarga kasbi yuzasidan vazirliklar va boshqa davlat idoralariga, jamoatchilik va madaniy joylarga (ko‘rgazma, teatr, kinoteatr, muzey, konsert, ko‘ngilochar va dam olish hududlari, sport musobaqalari va boshqa ommaviy tadbirlar) to‘siqlarsiz kirish, axborot olish, materiallarni tayyorlash va tarqatishda hamkorlik qilish, shuningdek, vazirliklar va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda idoralarning ichki tadbirlarida ishtirok etish imkonini beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan