Yanvarning oxirgi kunlari Yangi yilni oilasi bilan nishonlash uchun xitoyliklar katta shaharlarni tark etdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Oy taqvimiga ko‘ra, bu yil Yangi yil bayrami 5-fevralga to‘g‘ri keladi. Shu sabab, aeroport va megapolis vokzallarida uzun navbatlar hosil bo‘lgan.
Xinhua axborot agentligining xabar berishicha, temir yo‘l operatorlari 2019-yilgi dam olish mavsumida 413 millionga yaqin sayohatni e’lon qilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 8,3 foizga ko‘p demakdir.
Megapolislar shu kunlarda bo‘shab qolmoqda. Davlat 7 kun dam olish kuni e’lon qilgan.
Izoh (0)