Xalqaro xotin-qizlar kuni (8-mart) va Navro‘z (21-mart) bayramlarini nishonlash uchun o‘zbekistonliklarga yetti kun dam olish beriladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
8-mart juma kuniga to‘g‘ri keladi, bayram dam olish kunidan so‘ng besh kunlik rejimda ishlovchi o‘zbekistonliklar yana ikki kun — shanba va yakshanba dam oladi (9—10-mart).
Navro‘z bu yil payshanba kuni nishonlanadi. O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 12-noyabrdagi farmoni bilan qo‘shimcha dam olish kuni — 22-mart, juma tasdiqlangan. 23 va 24-mart kunlaridagi dam olish kunlarini hisobga olganda, o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun dam olishi mumkin.
Izoh (0)