Toshkentda “Navro‘z” madaniyat va dam olish bog‘i qurilishi doirasida, Anhor kanali yaqinida O‘zbekistondagi ilk osma ko‘prik qurilish jarayoni yakunlanmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Ko‘prik loyihasi Rossiya Federatsiyasining yetakchi loyiha instituti “Giprostroymost” tomonidan ishlab chiqilgan.
“Ko‘prikning ko‘p bosqichli tuzilishi ikki halqadan iborat bo‘lib, ular cheksizlik belgisini hosil qiladi. U piyodalar marshrutlarini ‘Navro‘z’ bog‘i va Olimpiya shon-shuhrati muzeyi bilan birlashtiruvchi sayr zonasiga aylanadi”, — deya ta’kidladi “O‘zbekiston temir yo‘llari”.
Ko‘prik qurilishiga “Mostootryad”, “Ko‘prikqurilish” mahalliy korxonalari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kapital qurilish direksiyasi mutaxassislari, shuningdek Rossiyaning “Kurganstalmost”, “GiMN”, “MostoStroyInjiniring” va boshqa kompaniyalari vakillari jalb etilgan.
Qurilish ishlarini tashkil etish ustidan nazoratni taklif etilgan xorijiy mutaxassislar amalga oshirmoqda.
Izoh (0)