• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda iqtisodiyotni va valyuta bozorini erkinlashtirish chora-tadbirlari natijadorligi muhokama qilindi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Yig‘ilishda qayd etilganidek, iqtisodiyot rivojlanishi va tadbirkorlar faoliyati uchun katta to‘siq bo‘lib kelgan valyutani erkin sotib olish va sotish borasidagi cheklov va muammolar bartaraf etildi. E’tiborlisi shundaki, oldingi yillarda eksport tushumlari bo‘yicha majburiy sotuv talabi bor paytda eksportdan tushgan valyuta tushumlarining ichki bozorga ishlatilishi 30 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bunday cheklov va talablar olib tashlanganidan keyin ushbu ko‘rsatkich 61 foizga yetdi.

    Buning natijasida tashkilotlar o‘zlari uchun zarur xomashyo va asbob-uskunalarni xarid qilish, joriy va investitsiya ehtiyojlarini qoplash imkoniyatiga ega bo‘ldi, shuningdek o‘tgan yili sanoat hajmlari 14,4 foizga, eksport tushumi 19 foizga o‘sdi va eksportyorlarning banklarga sotgan valyuta hajmi 1,9 barobar oshishiga erishildi.

    Bu esa o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, raqobatbardosh ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

    Davlat rahbari 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish iqtisodiyot sohasidagi muhim vazifalardan ekanini ta’kidlagan edi.

    Yig‘ilishda shu boradagi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Valyuta zaxiralardan oqilona foydalanish, ushbu zaxirani boshqarishning aniq strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Shuningdek, oltin-valyuta zaxiralari tarkibini optimallashtirish, valyutalarni saqlashda xalqaro tajriba asosida qimmatli qog‘ozlar, jumladan, yuqori likvidli obligatsiyalardan foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

    Valyuta tushumlari va oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payishini ta’minlashda eng optimal yo‘l bu – eksport salohiyatini oshirishdir. Shuning uchun bu yil eksport prognozlari o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘proq qilib belgilangan.

    Lekin, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda hanuzgacha eksport tushumi bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga har bir xo‘jalik birlashmasi kesimida eksport bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlikni kamaytirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqib, ijrosini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

    Xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra, iqtisodiyot erkinlashgan va investitsiyalar faollashgan sharoitda tashqi savdo aylanmasida o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy holat.

    Prezident erkin sotib olinayotgan valyuta iqtisodiyotning ertangi kundagi rivojlanish maqsadlariga xizmat qilishi kerakligini alohida ta’kidladi.

    Mahalliy ishlab chiqarishning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish maqsadida investitsiya xarakteriga ega bo‘lgan texnologiya, asbob-uskuna, xomashyo va materiallarni xarid qilishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va korxonalarning valyutalarini samarali yo‘naltirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Davlat ulushiga ega korxonalarda import o‘rnini bosuvchi va mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash kerakligi qayd etildi.

    Shuningdek, yangi bojxona tariflarining mahalliy ishlab chiqarishga ta’sirini o‘rganib, amaldagi tariflarni yanada takomillashtirish vazifasi qo‘yildi.

    Yig‘ilishda iqtisodiyotning yetakchi korxona va tashkilotlar kesimida eksport tushumlari tanqidiy tahlil qilinib, bu boradagi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Mamlakat eksport salohiyatini oshirish, shu jumladan, yetakchi eksportyor korxonalarning eksport tushumlarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Bu borada nisbiy ustuvorlikka ega bo‘lgan sohalarni aniqlab olish hamda ularni rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya va yo‘l xaritalari ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari eshitildi.

    29.01.2019, 19:37   Izoh (0)   17795
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda fermer 230 mln so‘mlik kreditni boshqa ehtiyojlari uchun ishlatib yubordi

    29.01.2019, 19:24

    Uzbekistan Airways uchta yangi yo‘nalishda parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

    29.01.2019, 18:56

    Toshkent viloyatida fuqaroning darvozaxonasidan Cobalt’ni o‘g‘irlab ketib, so‘ng YTH sodir etgan shaxs ushlandi

    29.01.2019, 18:17

    Tojikiston O‘zbekistondan gaz sotib olishni to‘rt baravarga oshirmoqchi

    29.01.2019, 18:04

    30-yanvar kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmoqda

    29.01.2019, 17:51

    Farg‘onada 2007-yili tug‘ilgan qizga oradan 12 yil o‘tib tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi

    29.01.2019, 17:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.