27-yanvar, yakshanba kuni Toshkentning Yunusobod tumani hududida 64 yoshli erkak hojatxonada o‘z joniga qasd qildi, deb yozadi UzNews o‘z manbasiga tayanib.
1955-yilda tug‘ilgan X.J. uzoq yillar davomida gallyutsinatsiyalardan azob chekkan. O‘sha mash’um kunda erkak o‘z uyidagi hojatxonaga qulflanib olib, oshxona pichog‘i bilan o‘zining ko‘krak sohasiga jarohat yetkazgan.
Jabrlanuvchining nevarasi hojatxona eshigini ochishga muvaffaq bo‘lgan, so‘ng tez yordam chaqirgan. Erkak 7-shahar klinik kasalxonasiga yetkazilgan, ammo u yerda vafot etgan.
Ayni paytda holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)