O‘zbekiston Qozog‘istonga Artur Trofimovni ekstraditsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
“Qo‘lga olingan shaxs 2005—2009-yillarda ’BTA Bank’ AJdan o‘ta yirik miqdordagi mablag‘larni o‘marish, ularni legallashtirish, shuningdek, uyushgan jinoiy guruh tuzish va unga boshchilik qilishda gumon qilinmoqda”, deyiladi xabarda.
Qozog‘iston bosh prokuraturasi Trofimovning ekstraditsiyasi o‘zbekistonlik hamkasblar bilan o‘zaro hamkorlik natijasida amalga oshirilganini qayd etgan.
Artur Trofimov O‘zbekistonda qanday paydo bo‘lib qolgani va bu yerda nima bilan shug‘ullangani ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)