China Southern Airlines aviakompaniyasi itga nogiron egasining ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida parvozda kuzatish imkonini bergan, deya xabar berdi Daily Mail.
Yo‘lovchi it aks etgan video Weibo ijtimoiy tarmog‘iga joylangan va u mashhurlikka erishgan.
Aviakompaniya maxsus tibbiy komissiyasi itga egasini parvoz vaqtida kuzatishga ruxsat beruvchi hujjat taqdim etgan. China Southern aviakompaniyasi rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rgatilgan itlarga egalari bilan bepul uchish imkoni beriladi.
2018-yilning oktabr oyida Frontiyer Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchisi samolyotga olmaxon bilan kirishga urungan. Bortkuzatuvchilar undan samolyot salonini bo‘shatib qo‘yishni iltimos qilganda u qarshilik ko‘rsatgan. Natijada politsiyachilar yo‘lovchilarni reysdan tushirishga majbur bo‘lgan.
Izoh (0)