21 yoshli yaponiyalik Naomi Osaka Australian Open musobaqasi finalida Petra Kvitovani 3 setda 7:6, 5:7, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Osaka ikkinchi marta “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi va faoliyatidagi 3-g‘alabasiga erishdi.
O‘tgan yilga qadar u birorta sovrinni qo‘lga kiritmadi, hattoki yoshlar o‘rtasida ham.
Yaponiyalik tennischi ushbu sovrinni 2-marta ketma-ket qo‘lga kiritdi. U 18 yil ichida “Katta dubulg‘a” turkumi musobaqalaridagi ilk g‘alabasidan so‘ng shunday darajadagi turnirda yutgan birinchi tennischi bo‘ldi (So‘nggi bor 2001-yilda Jennifer Kapriati Australian Open hamda “Rolan Garros” g‘olibi bo‘lgandi).
Bundan tashqari, Osaka “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi musobaqa sovrinini ketma-ket 2-marta qo‘lga kiritdi. Bunday natijani Serena Uilyams 2014—2015-yillarda(Serena ketma-ket 4 ta katta musobaqani yutgandi) qayd etgandi.
Eslatib o‘tamiz, yaponiyalik tennischi bir yil oldin jahon reytingida 72-o‘rinni band qilgandi. So‘nggi musobaqadan keyin 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Tennis tarixida hech qaysi ayol raketka ustasi bunday natijaga erisha olmagan. Shuningdek, u Osiyo qit’asidan birinchi bo‘lib dunyo reytingini boshqaradi.
Australian Open
Melburn, Avstraliya
14—27-yanvar kunlari
“Katta dubulg‘a” musobaqasi
Yutuq jamg‘armasi— 60 million Avstraliya dollari
Ochiq kort, xard
Yakkalik bahslar
Final
Naomi Osaka (Yaponiya)—Petra Kvitova (Chexiya) 7:6, 5:7, 6:4
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)