25-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining yarim finali doirasida “Chelsi” klubi “Tottenhem”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, mag‘lub etdi (2:2, penaltilar seriyasi: 4:2).
Natijada “ko‘klar” 8-marta musobaqaning finaliga chiqdi va London klublari orasidagi rekordni takrorladi, deb xabar beradi Opta.
Avvalroq bunday natijani “Arsenal” va “Tottenhem” klublari qayd etgandi. Ular ham 8 marta Liga Kubogi finalida o‘ynagan.
Endi 24-fevral kuni Mauritsio Sarri shogirdlari musobaqa g‘olibligi uchun “Manchester Siti” bilan kurash olib boradi. Uchrashuv “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Liga Kubogining amaldagi g‘olibi Xosep Gvardiola jamoasi hisoblanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)