Yunusobod tumanidagi shahar 1-sonli klinik bolalar shifoxonasining yetakchi jarrohi Farhod Akromov ish joyida vafot etgan. Bu haqda “UzNews” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 24-yanvar kuni shifoxonaning yetakchi jarrohi 1966-yilda tug‘ilgan Farhod Akromov ish joyida bo‘lgan vaqtida to‘satdan hushini yo‘qotgan.
Shifokorlar yordamiga qaramay, erkak o‘ziga kela olmay, vafot etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) sabab bo‘lgan.
Izoh (0)