25-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining 1/4 final bahslaridagi oxirgi uchrashuv yakuniga yetdi.

Foto: Twitter

Unda musobaqa mezboni BAA terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 68-daqiqasida BAA termasi hujumchisi Ali Mabhut Avstraliya darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni ochdi (1:0). Ushbu gol uchrashuv yakuniga qadar saqlanib qoldi va arablar musobaqaning 1/2 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi ular mazkur bosqichda Janubiy Koreyani 1:0 hisobida yenggan Qatar terma jamoasi bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

 Osiyo Kubogi—2019

1/4 final bahslari

25-yanvar, juma

BAA—Avstraliya 1:0

Gol: 1:0 — 68 Ali Mabhut.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!