Venesuela yetakchisi Nikolas Maduro 2025-yilda yakuniga yetadigan prezidentlik vakolati tugagunga qadar lavozimini tark etmasligini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Mamlakatni 2025-yilgacha boshqarishda davom etaman. Meni xalq va armiya qo‘llab-quvvatlashiga ishonaman”, — ta’kidladi Maduro Oliy suddagi chiqishida.
Maduroga ko‘ra, mamlakat davlat to‘ntarishiga urinishga duch keldi va bunga qat’iy qarshi turish zarur.
Izoh (0)