Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mashhur tataristonlik qo‘shiqchi va vokal o‘qituvchisi Faniya Xaliullova sahnada vafot etdi, deya xabar beradi “Tengrinews”.

Mudhish hodisa 20-yanvar kuni kechki payt yuz bergan. “Karligach” va “Neugasimiye zvezdi” ansambllari rahbarining ahvoli sahnada og‘irlashib qolgan. 53 yoshli qo‘shiqchi to‘satdan hushini yo‘qotib, yiqilgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar uni qutqarib qololmagan. Dastlabki talqinlarga ko‘ra, o‘limning sababi yurak to‘xtashi bo‘lgan. Tomoshabinlardan biri xonanda hayotining so‘nggi onlarini videoga muhrlagan.

Dimitrovgradliklar Faniya Xaliullovani iste’dodli qo‘shiqchi va pedagog sifatida tanilgan. U tatar milliy bayramlarining beqiyos boshlovchilaridan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi