Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyidagi iqtidorli o‘quvchilar bir oydan beri stipendiya olmoqda. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.
— “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida OTMlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan akademik litseylar uchun o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash huquqi berilishi belgilangan, — deydi akademik litsey rahbari o‘rinbosari Abduvali Qodirov. — Shunga ko‘ra, o‘tgan yili nizom ishlab chiqilib, iqtidorli o‘quvchilar saralab olindi. Erishgan natijalariga qarab, 23 nafar o‘quvchimiz oliy ta’lim muassasasi talabasi stipendiyasining 30 foizi miqdorida stipendiya olmoqda.
Mutasaddiga ko‘ra, ushbu mablag‘ miqdori hamda o‘quvchilar sonini bosqichma-bosqich oshirib borish rejalashtirilgan.
Izoh (0)