Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 391 ta obyekt va bo‘sh turgan binolarning yer maydonlari aniqlandi. Bu haqda Bekobod tuman Kengashi sessiyasida ma’lum qilindi, deb yozadi Spot.
Shundan 201 ta obyekt avval xususiylashtirilgan obyektlar, 107 ta obyekt Davlat mulki va davlat ulushi bor obyektlar, qolgani esa shirkat va jamoalarga tegishli hamda egasiz inshootlardir.
174 ta obyekt bo‘yicha ularning egalari va bank xodimlari o‘rtasida investitsiya loyihalari, yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan.
Bo‘sh turgan bino yer maydonlarini investitsiya kiritish sharti bilan “nol” qiymatida investorlarga berish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)