Joriy yilning 20—25-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov Turkiya Respublikasida tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda Vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif doirasida Turkiya Respublikasining turizm va madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Axmad Xaluk Tursun va turk ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Dirilish” filmi prodyuseri va rejissori Mehmet Bo‘zdag‘ bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvda tarixiy siymo va mo‘g‘ul bochqinchilari zulmidan yarim jahonni saqlab qolgan xaloskor Jaloliddin Manguberdi filmini tasvirga olish borasida muzokaralar olib boriladi.
Izoh (0)