14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2000-yildagi Sariosiyo voqelarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan yurti himoyachilariga bag‘ishlangan “Hayot” filmi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tasarrufidagi telekanalar orqali efirga uzatiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Film namoyishi:
- 13-yanvar kuni “O‘zbekiston” telekanalida — soat 22:00 da;
- 14-yanvar kuni “Kinoteatr” telekanalida — soat 15:40 da;
- 14-yanvar kuni “Yoshlar” telekanalida — soat 22:10 da.
Ma’lumki, 2000-yil avgust oyida janubiy sarhadlarimizga suqulib kirmoqchi bo‘lgan xalqaro terroristik guruhlarga qarshi olib borilgan kurash chog‘ida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Maxsus operatsiya kuchlari batalonining 21 nafar o‘zbek o‘g‘loni qahramonlarcha halok bo‘lgan.
Film rejissyori Hilol Nasimov o‘zining “Tubanlik”, “Odnoklassniki.ru”, “Ajal jodusi” kabi kartinalari bilan tanilgan. Ushbu filmlar negizida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash yotadi.
Izoh (0)