Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Hindistonning Bharat Biotech International kompaniyasi rahbari Venkatraman Sivaramakrishnan bilan O‘zbekiston talablariga javob beradigan vaksina ishlab chiqarish haqida kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Dastlabki bosqichda kompaniya O‘zbekistonga rotavirus diareyasi kasalligi oldini olish maqsadida vaksinani bugungi kundagi narxdan 50% arzon narxda yetkazib beradi, deyilgan xabarda.

Ikkinchi bosqichda, Bharat kompaniyasi O‘zbekistonga ROTAVAC vaksinasini ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan tayyor xomashyo yetkazib beradi. Keyinchalik esa mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi to‘liq yetkazib beriladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining vazifasi – ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun kerak bo‘ladigan yer maydoni, bino, asbob-uskuna, kerakli ruxsatnomalar bilan ta’minlash hamda boshlang‘ich bosqichda ishlab chiqarishni koordinatsiya qilish vazifalari kiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechenistonlik bloger o‘ldirib ketildi
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi