Amaliy innovatsiyalar fondining “Oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish” dasturi doirasida Guliston davlat universitetida Jahon bankining loyihasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
“Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “o‘quv-ilmiy kompleks” tashkil etish” mavzusidagi loyiha qiymati 173 ming AQSh dollariga teng bo‘lib, 24 oyga mo‘ljallangan.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida klasterli tizimga asoslangan integratsiya – innovatsion o‘quv-ilmiy kompleks tizimini tashkil etish va uning mexanizmini yaratishdan iborat.
Izoh (0)